12 okt 18:29
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasida mag'lubiyat
Arina Sobolenko Xitoyning Uxan shahrida davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning 1/2 finalida mag'lubiyatga uchradi.
Belaruslik tennis malikasi WTA reytingida 6-o'rinni egallab turgan amerikalik Jessika Pegulaga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/2, 4/6, 6/7(2). Arina tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 8:3.
Sobolenko 2 soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda 10, Jessika esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Breyklar bo'yicha ham Arina ustunlik qilgan bo'lsa-da, yakunda Pegula tay-brekda g'alabani ilib ketdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar