05 jan 07:43
Yangiliklar
Durdona Qurbonova kuzatgan SHohjahon Ergashev va Odilxon Kamolov ishtirokidagi janglarda qanday natija qayd etildi?
Oqshomning markaziy jangida turnir bosh tashkilotchisi, taniqli charm qo'lqop ustamiz, super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev Hindiston vakili Gurprit Singhga qarshi ringga ko'tarildi. Jang kutilganidek, birinchi raunddayoq Ergashevning texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi.
Xabar berganimizdek, ushbu boks turnirida taniqli pop MMA jangchisi Odilxon Kamalov ham boks qoidalari asosida jang o'tkazdi. U bu jangini ijtimoiy tarmoqda SHohjahon Ergashevga murojaat qilib, so'rab olgandi. Bokschimiz Odilxonning so'rovini qabul qildi va unga jang berdi. Kamalov SHerxon Rahmatovni to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.
Boks janglarini faxriy mehmon sifatida bloger-aktrisa Durdona Qurbonova, qo'shiqchi Mashhur Muhammad kuzatib bordi.

Fikrlar