17 apr 12:16
Yangiliklar
Dvalishvili Iliya Topuriya bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortdi
Aslida Merab Dvalishvili Iliya Topuriya bilan vaqt o'tkazishni yoqtiradi, ammo u hozirda Jastin Getjiga qarshi birlashtiruvchi jangga tayyorgarlik ko'rayotgan do'sti va hamyurtining o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishdan bosh tortdi.
"Albatta, ukam Iliya Topuriya bilan vaqt o'tkazish va mashg'ulotlar o'tkazish menga yoqadi. Lekin u bilan birga mashq qilsam, raundlarni bo'lishishga majbur bo'lamiz. Biz sparring qilishimiz yoki kurashishimiz kerak, buni esa zavq deb atash qiyin. Men zarar ko'rishni xohlamayman, chunki bu yigit hatto mashg'ulotlarda ham odamlarni hushidan ketkazyapti. Hatto akasini ham uradi. Menga aytishlaricha, ular zalda bir-birlarini shunchaki "o'ldirishayotgan" ekan", - deya Ringside nashri UFC`ning eng engil vazn toifasidagi sobiq chempionidan iqtibos keltiradi.
14 iyun kuni Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi engil vazn toifasidagi chempionlik jangi Oq uy yaqinidagi UFC bayram turnirining asosiy voqeasi bo'ladi. Merab Dvalishivli esa iyul yoki avgust oyida Pyotr Yanga qarshi trilogiyada jang qilishi mumkin.

Fikrlar