17 jan 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Dvalishvili Nurmagomedovga qarshi jang oldidan yaxshigina jarohat olibdi + FOTO
O'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili ertaga Umar Nurmagomedovga qarshi o'tkazadigan jangiga tayyorgarlik jarayonida jiddiy jarohat olganini aytdi.
Bu haqda gruziyalik chempion Los-Anjelesda jurnalistlar bilan bo'lgan muloqot chog'ida xabar berdi. Avvalroq, Nurmagomedovning o'zi ham Merab mashg'ulot paytida jarohat orttirib olgani, lekin u buni hammadan yashirayotganini aytgandi.
"Bu jangga tasir o'tkazmaydi, lekin mening tayyorgarligigimga halal berdi. Jarohat sabab mashg'ulotlarim ancha qiyin kechdi. Hozir hammasi joyida, men jangga tayyorman", - dedi Dvalishvili.
Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi taqdim etgan surat va videodan shu narsa ko'rinyapti-ki, o'ng tizzadagi jarohatga bir nechta chok tushgan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar