22 fev 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Dvalishvili Pyotr Yan bilan uchinchi jangga ishora qildi
Gruziyalik 35 yoshli aralash yakkakurash ustasi divizionning amaldagi chempioni rossiyalik 33 yashar Pyotr Yan bilan ehtimoliy uchinchi jangga ishora qildi.
"Siz yozda trilogiyaga tayyormisiz?", - deb yozdi Dvalishvili ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Yanvar oyi oxirida Pyotr Yan belida jarrohlik amaliyotini o'tkazgani va ikki oyga safdan chiqqanini malum qilgandi. Yan 2025 yil 7 dekabrga o'tar kechasi UFC 323 oqshomining asosiy jangida Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, o'ta engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qaytarib olgandi. Bu jang atletlar uchun revansh maqomida bo'lgandi. 2023 yilning 11 mart kuni bo'lib o'tgan ilk to'qnashuvda Merab g'alaba qozongan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar