06 dek 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Dvalishvili: "Pyotrga muxlislik qilaman, lekin Nurmagomedovga..."
Gruziyalik UFC chempioni Merab Dvalishvili Pyotr Yan haqida fikr bildirdi.
"Yan jang qilgan paytda men unga muxlislik qilaman: "Qani, Pyotr, yutib tashla" deb.
Siz kim bilandir jang qilsangiz, g'alaba yoki mag'lubiyat bo'lishidan qati nazar — u kishi keyin yutaversa, siz ham kuchliroq ko'rinasiz. Divizionda men muxlislik qilmaydigan birgina jangchi bor — bu Umar Nurmagomedov. U Bautistaga qarshi jang qilganda, men Bautistaga muxlislik qildim", - dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar