So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

22 sen 15:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Dvalishvili: "Sendxagenni nokaut qilmoqchiman, lekin aksi bo'lsa u uchun xursand bo'laman"

34 yoshli UFC chempioni Merab Dvalishvili Kori Sendhagen bilan to'qnashuvni kutmoqda.

Merab va Kori o'rtasidagi jang 5 oktyabr kuni UFC 320 turnirida o'tkaziladi.

"Men Kori Sendhagenni jangchi va inson sifatida qattiq hurmat qilaman. Har safar uning Frenki Edgarni nokaut qilganini ko'rganimda, bundan katta taassurot olaman. U Mario Bautistani yuta oldi, CHito Veraga qarshi to'liq ustunlik qildi va Pyotr Yan bilan yaxshi jang o'tkazdi.

Kori xavfli, uni to'xtatish qiyin. U juda kuchli kurashchi va greppler, chidamli, teykdaunlardan yaxshi himoyalana oladi va oktagonda harakatlanishi zo'r. Bu juda qiziqarli jang bo'ladi, men unga qarshi jang qilishni intiqlik bilan kutyapman.

Albatta, nokaut bilan g'alaba qozonishni rejalashtiryapman, chunki hozir zarba texnikam ustida qattiq ishlayapman. Ehtimol, jang "stoyka"da kechadi. Lekin bu MMA, demak hamma narsaga tayyor turishimiz kerak.

Men g'alaba uchun bor kuchimni ishga solaman. Lekin natijadan qati nazar, xursand bo'laman. Mashg'ulot lagerida ham, jangda ham o'z kuchimni to'liq ishga solishga harakat qilaman. Agar u meni yuta olsa ham, uning uchun xursand bo'laman. CHunki u kuchli raqib va eng yaxshilariga arziydi", — dedi Dvalishvili.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing