21 fev 08:47
Yangiliklar
Dyusseldorf "Katta Dubulg'a". Bugun 5 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Yilning hisob bo'yicha ikkinchi "Katta Dubulg'a" musobaqasida sayyoramizning 5 qitasi 120 davlatidan jami 718 (427 erkak, 291 ayol) nafar dzyudochi turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Dyusseldorf tatamilarida 15 dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Bugun musobaqaning ilk kunida besh nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi. Bellashuvlarning Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanishi belgilangan. Reytingi eng yuqori dzyudochimiz, jahon chempionatining amaldagi kumush medali sohibi SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi. Uning bugungi ilk raqibi avstraliyalik Joshua Kac hamda gruziyalik Jaba Papinashvili o'rtasidagi bellashuvdan so'ng aniqlanadi.
Bugun tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz:
-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev - Joshua Kac (Avstraliya) / Jaba Papinashvili (Gruziya)
-60 kg: Kemran Nurillaev - Solomon Oga (Nigeriya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Straxinja Bunchich (Serbiya)
-66 kg: Diyorbek O'razboev - Dmitriy SHershan (Belarus)
Qizlar
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sosorbaram Lxagvasuren (Mo'g'uliston)
Fikrlar