So’nggi yangiliklar

12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0

20 fev 22:10
Yangiliklar

Dzyudo

Dyusseldorf "Katta Dubulg'a" turniriga qura tashlandi, Lutfullaev ikkinchi davradan boshlaydi

Ertaga Germaniyaning Dyusseldorf shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.

Yilning hisob bo'yicha ikkinchi "Katta Dubulg'a" musobaqasida sayyoramizning 5 qitasi 120  davlatidan jami 718 (427 erkak, 291 ayol) nafar dzyudochi turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Dyusseldorf tatamilarida 15 dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Bundan bir necha daqiqa avval musobaqa qura tashlash marosimi o'tkazildi. Reytingi eng yuqori dzyudochimiz, jahon chempionatining amaldagi kumush medali sohibi SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydigan bo'ldi. Uning raqibi avstraliyalik Joshua Kac hamda gruziyalik Jaba Papinashvili o'rtasidagi bellashuvdan so'ng aniqlanadi. 

Qura natijalari:

-60 kg: SHarofiddin Lutfullaev - Joshua Kac (Avstraliya) / Jaba Papinashvili (Gruziya)

-60 kg: Kemran Nurillaev - Solomon Oga (Nigeriya)

-66 kg: Muhriddin Tilovov - Straxinja Bunchich (Serbiya)

-66 kg: Diyorbek O'razboev - Dmitriy SHershan (Belarus)

-73 kg: G'iyosjon Boboev - Yakub Yasminek (CHexiya)

-73 kg: SHahram Ahadov - Lukas Diallo (Burkino-Faso) / Eduardo Araujo (Meksika)

-81 kg: Kamoliddin Rasulov - Dominik Druzeta (Xorvatiya)

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Atilla Ungvari (Vengriya)

-90 kg: Davlat Bobonov - Sirotullo Ikromov (Tojikiston)

-100 kg: Muhammadkarim Hurramov - Sedrich Olivar (Franciya)

+100 kg: Alisher Yusupov - Guram Tushishvili (Gruziya)

+100 kg: Bekmurod Oltiboev - Onise Bugadze (Gruziya) / Yonas SHreyber (Germaniya)

Qizlar

-52 kg: Diyora Keldiyorova - Sosorbaram Lxagvasuren (Mo'g'uliston)

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Jabina Gerchak (Vengriya)

-78 kg: Nodira Yo'ldosheva - Antonina SHmelyova (Rossiya)  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing