So’nggi yangiliklar

18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0

10 iyu 18:59
Yangiliklar

Sport kurashlari

Dzambolat Tedeev: "Jahon chempionatining o'tkazilishi - to'g'ri qaror!

Erkin kurash bo'yicha Rossiya terma jamoasi avgust oyida mashg'ulotlarni qayta boshlaydi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Dzambolat Tedeev shu haqida intervyu berdi.

— Jahon chempionatining shu yilning o'zidayoq o'tkazilishi to'g'ri qaror, — deya so'z boshladi Tedeev. – Sportchilar qaysi musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotganini bilishi, hamisha sport formasida bo'lishi lozim. Lekin dunyoda hukm surayotgan  nostabil holat bu yil loaqal bitta xalqaro musobaqa o'tkaziladimi degan savolni javobsiz qoldirmoqda. Sir emas, ayrim davlatlarda COVID-19 ikkinchi to'lqini boshlandi. SHunga qaramay, biz dekabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Kurashchilarning musobaqalarsiz tayyorgarligi xalqaro restartdan keyingi turnirlarda salbiy tomondan o'z tasirini o'tkazadi. Bundan hech kim qochib qutula olmaydi.   

— Terma jamoaning birinchi yig'ini qachon o'tkaziladi?

— Iyul oyining oxirlarida sportchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Avgustning boshlarida Moskva viloyatining Novogorsk shaharchasi yoki tog'li Kabardino-Balkariyadagi bazada yig'ilamiz. Ayni paytda markazlashgan o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish mushkul. Rossiyalik sportchilar uch oydan oshiqroq vaqt davomida karantin holatida o'tirishdi. Hozir mavjud sport bazalari turli sport turlari bo'yicha terma jamoalar bilan to'lgan.

— Hozir siz murabbiylik qilayotgan kurashchilar nima bilan band?

— Har kuni sportchilar va ularning shaxsiy murabbiylari bilan gaplashyapmiz. Deyarli barcha kurashchilar uy sharoitida mashg'ulotlarni o'tkazishyapti. Bu faqat jismoniy holatni ushlab turish uchun etadi. Bizning sportda kuchli raqiblar bilan o'tkaziladigan sparringlar muhim ahamiyatga ega. Agar sparring mashg'ulotlar bo'lmasa, shug'ullanmadim deb hisoblayverish kerak. Individual shug'ullanish hech qachon jamoaviy tarzda mashg'ulot o'tkazishning o'rnini bosa olmaydi.  

— Yil yakuniga qadar ichki musobaqalar o'tkazilishini rejaga kiritilganmi?

— Belgraddagi jahon chempionati oldidan Rossiya chempionati o'tkazilishi shart. Aynan shu musobaqa orqali Serbiyaga kim borishini aniqlab olamiz. Katta ehtimol bilan Rossiya chempionati sentyabr oyida o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing