So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

23 noy 10:24
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionatining ikkinchi kuni ham 4 ta vaznda g'oliblar aniqlandi FOTOGALEREYA

SHu kunlarda "Jizzax Kibersport arena"si dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan saralanib kelgan 400 nafarga yaqin dzyudochi medallar uchun bahs olib boryapti. Musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar -73, -81 kg, ayollar esa -57 va -63 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. 

Kutilganidek, erkaklar o'rtasidagi har ikki vazn toifasida tajribali dzyudochilarimiz SHahram Ahadov (-73 kg) va Hikmatulloh To'raev (-81 kg) O'zbekiston chempioni bo'ldi. Aayollar o'rtasidagi bellashuvlarda esa Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi SHukurjon Aminova (-57 kg) hamda Marjona Nurilloeva (-63 kg) chempionlik shohsupasiga ko'tarildi.   

O'zbekiston chempionati. Ikkinchi kun g'olib va sovrindorlari

-73 kg vazn toifasi (65 ishtirokchi)

1. SHahram Ahadov (Buxoro)

2. Hojiakbar Toshev (Buxoro)

3. Inoyat Telmanov (Toshkent)

3. Asadbek Norbo'taev (Toshkent villoyati)


-81 kg vazn toifasi (53 ishtirokchi)

1. Hikmatulloh To'raev (Surxondaryo)

2. Nodirbek Mavlonberdiev (Xorazm)

3. Suhrobbek Tursunov (Toshkent viloyati)

3. Arslonbek Tojiev (Qashqadaryo)


-57 kg vazn toifasi (23 ishtirokchi)

1. SHukurjon Aminova (Xorazm)

2. Nilufar Ermaganbetova (Qoraqalpog'iston)

3. Farangiz Rejepova (Buxoro)

3. Despina Bochkova (Jizzax)


-63 kg vazn toifasi (28 ishtirokchi)

1. Marjona Nurulloeva (Samarqand)

2. Gulirano Suvonqulova (Navoiy)

3. Nodira Yo'ldosheva (Toshkent shahri)

3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing