05 avg 13:14
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Dzyudo. Diyorbek O'rozboev Olimpiadani avstraliyalik sportchiga qarshi boshlaydi
Olimpiadaning dzyudo bahslarida dzyudochimiz Diyorbek O'rozboev o'z yurishini boshlaydi.
-60 kg vazn toifasida gilamga chiqadigan dzyudochimizga ilk bosqichda avstraliyalik Kac Joshua raqiblik qiladi. Ushbu jang ertaga bo'lib o'tadi.
Takidlab o'tish lozimki, dzyudoda ushbu vazn toifasida medallar egalari ertagayoq aniqlanadi.
Demak, O'rozboevda O'zbekiston hisobiga ilk medalni qo'shib qo'yish imkoniyati bor. Omad, Diyorbek!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar