So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

02 iyu 20:54
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo federaciyasi Parij-2024 Olimpiadasi oldidan matbuot anjumani o'tkazdi + FOTOGALEREYA

To'rt yillikning eng asosiy musobaqasi hisoblangan Parij-2024 Olimpiadasi startiga juda kam vaqt qoldi.

Bugungi kunda licenziyalarni qo'lga kiritgan barcha o'zbekistonlik sportchilar Olimpiya o'yinlariga astoydil tayyorgarlik ko'rishyapti. Albatta, ular orasida dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham bor. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida mamlakat dzyudo federaciyasi tomonidan Parij-2024 Olimpiadasi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, terma jamoa murabbiylari, olimpiada licenziantlari hamda ommaviy axborot vositalari hozir bo'lishdi. Savol-javoblarga o'tish oldidan A.Kamilov olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.      

- Kuni kecha Xalqaro dzyudo federaciyasidan quvonchli xabar oldik. Taqsimot qayta shakllantirilganidan keyin SHukurjon Aminovaga ham Olimpiada licenziyasi taqdim etildi. Bu bilan Parij Olimpiadasida qatnashadigan dzyudochi qizlarimiz soni 5 nafarga etdi. SHu paytgacha eng ko'pi bilan ikki nafar dzyudochi-qizimiz Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgandi. Bu bo'yicha ham rekord yangilandi. Erkaklar terma jamoamiz to'liq tarkibda, yani 7 dzyudochi bilan, qizlarimizning esa 5 nafari Olimpiadada qatnashadi. SHuningdek, bu safar ham jamoaviy bahslarda terma jamoamiz medallar uchun kurash olib boradi. O'zbekiston dzyudo terma jamoasi umumiy 13 ta licenziyani qo'lga kiritdi. Ayollar terma jamoasida xorijlik murabbiylar Marko Spittka va Miki Tanaka faoliyat olib boryapti. Albatta, bu murabbiylarimizning ham xizmatlari katta bo'lmoqda. Tokio Olimpiadasida Ramziddin Saidov dzyudo bahslarida hakamlik qilgandi. Parij tatamilarida yana bir tajribali referimiz Vyacheslav Pereteyko ishlaydi, - dedi federaciya raisi. 

SHundan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis ham so'zga chiqdi. 

- IJF musobaqalari rasman yakunlanganidan keyin terma jamoamizning reja bo'yicha Olimpiadaga to'g'ridan-to'g'ri tayyorgarligi boshlandi. Gruziyaning Bakuriani, Xorvatiyaning Porech shaharlarida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etildi. Qizlarimiz shu kunlarda dzyudo vatani Yaponiyada mashg'ulotlarni davom ettirishyapti. Yaponiya bilan hamkorlikdagi bu yig'in 6 iyulgacha davom etadi. Reja bo'yicha 14 iyul kuni terma jamoamiz Franciyaning Normandiya viloyatiga jo'nab ketadi. Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi aynan o'sha erda bo'ladi. 25 iyuldan dzyudochilarimiz sportchilar yashaydigan Olimpiya shaharchasiga kirishadi, - dedi Iliadis.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. O'z o'rnida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov licenziyalar qo'lga kiritish bo'yicha reokrd qayd etib, rejani ortig'i bilan bajargan Azizjon Kamilov boshchiligidagi O'zbekiston dzyudo federaciyasiga minnatdorlik izhor qildi va Parij-2024 Olimpiadasida medallar soni bo'yicha ham tarix yangilanishiga tilik bildirdi.   

Parij-2024 Olimpiadasiga boradigan tarkib:

Erkaklar:

-60 kg: Doston Ro'ziev 

-66 kg: Sardor Nurillaev

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev  

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev

+100 kg: Alisher Yusupov


Ayollar:

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova 

-57 kg: SHukurjon Aminova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing