So’nggi yangiliklar

15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0

26 iyu 09:42
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo federaciyasi tomonidan o'tkazilgan "Olimpiya kuni"dan FOTOREPORTAJ

Teglar :  Olimpiya kuniMOQ
Xabaringiz bor, 23 iyun kuni Xalqaro olimpiya qo'mitasiga azo ikki yuzdan ziyod mamlakatda Xalqaro "Olimpiya kuni" keng nishonlandi.

Xususan, yurtimizda ham O'zbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan ushbu sanaga bag'ishlangan turli darajadagi tadbirlar tashkil etildi va shu kunlarda ham davom etmoqda. 

Kecha kunning ikkinchi yarmida ana shunday bayram tadbirlaridan biri O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan o'tkazildi. 

Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug'bek nomidagi istirohat bog'i (Sobiq Telman) hamda Ekopark (EkoPark) bog'ida "Olimpiya kuni" tadbiri tashkil etildi. Har ikki marosim ham bir paytda boshlanib, mingga yaqin toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari hamda ularning farzandlariga bayramona ko'tarinki kayfiyat ulasha oldi. 

Sportga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimiz nafaqat mashhur dzyudochilarimizning ko'rgazmali chiqishlaridan bahramand bo'lishdi, balki o'zlari ham tatamida dzyudo qanday sport turi ekanini his etib ko'rishdi.  

Marosimda O'zbekiston Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, yig'ilganlarni Xalqaro "Olimpiya kuni" bilan qutlashdi. 

Bayram tadbiri yakunida bolajonlarga tashkilotchilar tomonidan sovg'alar taqdim etildi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing