26 mar 19:43
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Sardor Nurillaev Tbilisidagi "Katta Dubulg'a"da oltin medalni qo'lga kiritdi!
Sardor Nurillaev Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirining oltin medaliga ega bo'ldi.
-66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz hal qiluvchi final bellashuvida mezbon dzyudochi, gruziyalik Vaja Margelashviliga qarshi tatamiga chiqdi. Quvonarlisi, dzyudochimiz 20 soniya ichida mezbon sportchini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, Sardor Nurillaev Olimpiada reytingida 3286 ochko bilan 14-o'rinni band etgan. Tabiiyki, u yo'llanma zonasida boryapti. Uning raqibi ancha jiddiy. Vaja Margelashvili 5107 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Nurillaev oltin medal bilan birga 1000 reyting ochkosini ham o'z hisobiga yozib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar