11 sen 05:10
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Dzyudo. SHirin SHaripov Paralimpiya o'yinlari sovrindori!
Rioda davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining dzyudo bo'yicha bahslarida yana bir sportchimiz sovrindorlar safidan joy oldi.
-100 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan SHirin SHaripov yakunda bronza medali bilan taqdirlandi. SHirin dastlab turkiyalik raqibi Ibrohim Bolukboshini ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Yarim finalda esa braziliyalik Antonio Tenorioga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medali uchun kechgan uchrashuvda esa ozarbayjonlik polvon Kanan Abdullaxanlidan ustun ekanligini amalda isbotladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar