So’nggi yangiliklar

18:18"У унчалик ҳам кучли эмас". Хоакин Бакли Шавкат Раҳмоновга бўлган муносабатини очиқлади 0 17:57Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр 0 17:36Оғир атлетикачиларимиз Қатар кубогида қатнашади 0 17:15Америкалик UFC жангчиси Шавкат Раҳмонов ҳақида: "Ундан кўра мен Ўзбекистонга яқинроқман" 0 16:54Илҳом Назимовнинг рақиби ўзгарди. Ҳамюртимиз энди RIZIN чемпионлик камари учун жанг қилади! 0 16:33Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди 0 16:12"Сени таслим этишларини сабрсизлик билан кутяпман". Фьюри Пол билан жанг олдидан Жошуага мурожаат қилди 0 15:51"Имкон бўлса уни ўлдираман". Жошуа — Жейк Пол билан бўлажак жанг ҳақида 0 15:30Айтжан Халмаханов UWW томонидан эътироф этилди 0 15:09Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди! 0 14:48Андерсон Сильва Чимаевни мағлуб эта оладиган UFC жангчисини айтди 0 14:27Царукян Дана Уайтнинг ҳайдаши ҳақида: "Олиниши керак бўлган сабоқ" 0 14:06Чейл Соннен: "UFC Топурияни чемпионликдан маҳрум қилади" 0 13:45"Андижон" таклифини рад этган Черан бошқа клубга ўтмоқда 0 13:24ATFC'нинг Brave CF Лигаси билан Бухорода ўтказадиган турнири тўлиқ карди эълон қилинди 0

15 jan 20:32
Yangiliklar

Dzyudo, Tadbirlar

Dzyudo tarixida yangi sahifa: IJF prezidenti Toshkentni JCH-2021 mezboni deb elon qildi FOTOREPORTAJ

Bugun Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Janob Vizer yarim tunda, aniqrog'i soat 02:30da Moskva - Toshkent avia reysi bilan poytaxtimizga uchib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida martabali mehmonni O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti Azizjon Kamilov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Saken Polatov va boshqa mutasaddilar kutib olishdi. 

IJF prezidentining tashrifidan ko'zlangan asosiy maqsad - O'zbekiston va Xalqaro dzyudo federaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish, “Dzyudo maktablarda” dasturi doirasida ikki tomonlama Memorandum imzolash va eng muhimi - 2021 yili kattalar o'rtasida o'tkaziladigan Jahon chempionati mezbonligini mamlakatimizga topshirishdan iborat edi. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida belgilangan barcha tadbirlar bo'lib o'tdi. Marosimni O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti Azizjon Kamilov kirish so'zi bilan ochdi: 

“Assalomu alaykum, Marius Ladislau-Vizer! Hurmatli, tadbir qatnashchilari, Ommaviy axborot vositalari xodimlari! Janob Vizer, Sizni yana bir bor O'zbekiston zaminida ko'rib turganimizdan xursandmiz. Siz rahbarlik qilayotgan Xalqaro dzyudo federaciyasi tomonidan butun dunyoda eng ommaviy sport turlaridan biri bo'lgan dzyudoni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar va tashabbuslarni yuksak baholaymiz. O'zbekiston Xalqaro dzyudo federaciyasining eng faol azolaridan hisoblanadi. Mamlakatimiz 1996 yili Atlantada mustaqil delegaciya sifatida yozgi Olimpiadada ishtirok etishni boshlagach, Olimpiya o'yinlarining birinchi medalini sportchilarimiz aynan dzyudodan qo'lga kiritishgani ham so'zimga isbot bo'la oladi. O'zbekistonda dzyudoni yanada ommaviylashtirish va xalqaro maydonda yurtimiz dzyudochilari tomonidan qo'lga kiritilayotgan yutuqlar salmog'ini oshirishda o'zbekistonlik yosh kadrlarning Xalqaro dzyudo federaciyasi tizimlarida faoliyat ko'rsatayotgani ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fursatdan foydalanib shuni malum qilmoqchimanki, O'zbekiston tomoni Xalqaro federaciya bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, o'zaro manfaatli hamkorlik rishtalarini bog'lashga har tomonlama tayyor. SHu o'rinda takidlash joiz, bugun O'zbekiston dzyudosi uchun tarixiy kun. Xalqaro dzyudo federaciyasi ilk marotaba kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini Toshkent shahriga ishonib topshirmoqda. Sizni ishontirib aytamanki, ko'p tarmoqli, muhtasham “Humo Arena”da ushbu nufuzli musobaqani yuqori saviyada o'tkazamiz. Mamlakatimizda hurmatli Yurtboshimiz tomonlaridan sportga qaratilayotgan yuksak etibor fikrimga to'liq isbot bo'la oladi. Hurmatli Marius Vizer janoblari! Siz boshchilik qilayotgan Xalqaro dzyudo federaciyasining o'zbek dzyudosiga nisbatan bemisl ishonchi, etibori va adolatli yondoshuvi yurtimiz dzyudo muxlislari hurmatiga sazovor bo'lmoqda. O'ylaymizki, Xalqaro dzyudo federaciyasi bilan hamkorligimiz muntazamlik kasb etadi hamda kelgusida yanada taraqqiy etadi”.  

SHundan so'ng rasmiy tadbirlarga navbat berildi. Avvaliga xalqaro dzyudo federaciyasining “Dzyudo maktablarda” dasturi yuzasidan to'rt tomonlama Memorandum imzolandi. SHartnoma imzolash jarayonida O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti Azizjon Kamilov hamda Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer ishtirok etdi. Dastur doirasida IJF tomonidan har bir maktabga bir dona tatami va bolalar uchun 50 ta kimono taqdim etiladi. Bu esa O'zbekistonda dzyudo sportining yanada rivojlanishiga, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlariga imkon beradi. Bugungacha yurtimizdagi 20ta maktabda dzyudo to'garaklari faoliyat yuritgan bo'lsa, Memorandumga ko'ra ular soni 40taga etkaziladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi ushbu maktablar qoshida tashkil etiladigan to'garaklarda jami 900 nafarga yaqin o'quvchilarning dzyudo bilan muntazam shug'ullanishi taminlanadi. IJF 40ta maktabga tatami va kimono taqdim etadi hamda murabbiylarga maosh to'laydi. 

SHundan so'ng navbat kun tartibidan o'rin olgan asosiy mavzuga etib keldi. Marius Vizer Toshkent shahrini 2021 yilgi kattalar o'rtasidagi jahon chempionati mezboni sifatida elon qildi. Poytaxtimiz ilk bora dzyudo bo'yicha mana shunday nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. Kelasi yilning sentyabr oyida ko'ptarmoqli “Humo Arena”da jahon chempionati hamda shu bilan birga IJFning yillik Kongressi ham o'tkaziladi. 

Tadbir so'nggida marosimda hozir bo'lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Marius Vizer va Azizjon Kamilov mavzu yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi. 

“Aslida 2021 yilgi jahon chempionati Avstriya poytaxti Vena shahrida o'tkazilishi kerak edi. Lekin u erdagi siyosiy vaziyat, aniqrog'i siyosatning sportdan holi emasligi qarorimizni o'zgartirishga sabab bo'ldi. Biz boshqa sport federaciyalari qatori siyosatning sportga aralashuviga qarshimiz. Bu orada birinchilardan bo'lib O'zbekiston tomoni jahon chempionati mezbonligi uchun o'z nomzodini ilgari surdi. Biz federaciya rahbari Azizjon Kamilov bilan Budapeshtda uchrashib, bu borada gaplashib olgandik. Mana bugun mamnuniyat bilan 2021 yilgi jahon chempionati Toshkentda o'tkazilishini elon qilamiz. 2022 yilgi jahon chempionati Vengriyaning Budapesht, 2023 yilgi chempionat Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkaziladi. 2025 yilgi musobaqa mezbonligiga esa hozirda 5-6ta davlat davogarlik qilmoqda”, - dedi IJF prezidenti. 

“O'tgan yili “Humo Arena”da Toshkent Gran-prisi yuqori saviyada tashkil etildi. Buni musobaqaga kelganlar ham etirof etishdi. Xalqaro dzyudo federaciyasining jahon chempionati mezbonligini berish qaroriga kelishiga ham aynan shu omil sabab bo'lgan deb o'ylayman. Qolaversa, yurtimiz bunday katta musobaqalarni o'tkazishda tajribaga ega. O'ylaymanki, 2021 yilgi jahon chempionatini ham barchaning yodida qoladigan darajada o'tkazamiz”, - dedi A.Kamilov.

Milliy olimpiya qo'mitasidagi rasmiy tadbirlar yakuniga etgach, Marius Vizer O'zbekiston dzyudo federaciyasiga tashrif buyurdi va u erda yosh dzyudochilar bilan uchrashdi. Ularga Xalqaro dzyudo federaciyasining sovg'alari, yani kimanolar ulashdi. O'z o'rnida Azizjon Kamilov ananalarimizga binoan mehmonga zarbop chopon taqdim etdi.  

SHu tariqa, Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizerning yurtimizga tashrifi yakunlandi. Martabali mehmon bugun tunda Istanbul orqali Budapesht shahriga jo'nab ketadi.

Suratlar muallifi - Jahongir FAYZULLAEV

Reyting:    

Fikrlar

   
16 jan 12:20:03
Shohruh Lazizov
2021 kutamiza Judo World Championships 2021 Tashkent. Uzbekistan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing