So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

30 avg 17:42
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo yulduzlari ishtirokidagi onlayn musobaqa g'oliblari malum

Bugun O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan onlayn musobaqa o'tkazildi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada terma jamoamizning yulduzli tarkibi bilan birga ikkinchi va uchinchi raqamli dzyudochilar g'oliblik yo'lida o'zaro bahs olib borishdi. Dzyudo boshqa yakkakurash sport turlari singari ikki kurashchining gilamdagi bellashuvidan iboratligi uchun hakamlarimiz bugungi onlayn musobaqaga maxsus mashqlar to'plamini taqdim etishdi. Dzyudochilarimiz avvaliga otjimaniya, keyin esa turnikda kimonoga osilgan holda mashq bajarishdi. Ana shu mashqlar asosida hakamlarimiz g'olib va sovrindorlar nomini aniqlab berishdi. 

Onlayn turnirni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov kirish so'zi bilan ochib berdi. Oybek Omilovich so'zi yakunida ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan qutlab, onlayn musobaqada omad tiladi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov esa karantin paytida o'tkazilayotgan ushbu musobaqalarning ahamiyatiga to'xtaldi: 

"Qadrli ishtirokchilar, murabbiylar, hakamlar, bunday musobaqalar juda ham muhim hisoblanadi. Hozir butun dunyoda bir xil vaziyat hukmron. Sportchilar bir xil sharoitda mashg'ulot o'tkazishga majbur bo'lishyapti. Bu kabi onlayn turnirlarning o'tkazilishi esa ayni muddao bo'lyapti. Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda og'ir atletika bo'yicha Mustaqillik kubogi birinchi xalqaro turniri o'tkazilmoqda. Unda 32 davlat atletlari onlayn tarzda musobaqada qatnashishyapti. Natijalar shuni ko'rsatyaptiki, boshqa davlat sportchilari pandemiya davrida qo'l qovushtirib o'tirganlari yo'q. Ular hatto 15-20 kilogrammga o'z natijalarini yaxshilab olganliklariga guvoh bo'ldik. Aytmoqchi bo'lganim, hech kim to'xtab qolgani yo'q, aksincha hamma harakatda, intilishda. Biz ham shunga yarasha tayyorgarligimizni olib borishimiz kerak. Aziz Yakubjanovich tomonidan dzyudochilar uchun hamma sharoitlar muhayyo qilinmoqda. Ilias Iliadis boshchiligidagi yulduzli tarkibga ega murabbiylar shtabimiz bor. Hech qaysi bir sport turida bu kabi salohiyatli murabbiylar shtabi jam bo'lmagan. Bundan foydalanish kerak. Bugun kattalar o'rtasida onlayn musobaqa o'tkazyapsizlar, ertaga o'smirlar va yoshlar ishtirokida ham shunday turnirlarni tashkil etish lozim. Fursatdan foydalanib, barcha ishtirokchilarga omad va zafar tilayman. O'zingizni extiyot qiling!". 

SHundan so'ng musobaqa bosh hakami, xalqaro toifadagi IJF referisi Ramziddin Saidov ishtirokchilarni qoidalar va shartlar bilan tanishtirdi. Mashqning soniga emas, to'g'ri va to'liq bajarilishiga etibor qaratilishini urg'uladi. 

Ikki soatdan oshiqroq vaqt mobaynida o'tkazilgan onlayn musobaqa murosasiz kechganligini etirof etish joiz. Ayniqsa, o'g'il bolalar o'rtasida turnikda bajarilgan musobaqa keskinligi bilan ajralib turdi. Fikrimizni qayd etilgan natijalar ham tasdiqlaydi. Mashq yakunida bir yo'la uch nafar ishtirokchi bir xil natija ko'rsatdi. Muhriddin Tilovov, SHahram Ahadov va Davlat Bobonov turnikda 40 tadan tortilishdi. Natijada bu uch dzyudochimiz o'zaro bahsda g'olibni aniqlab berishdi. Ikkinchi urinishda Tilovov yana 40, Ahadov 41, Bobonov esa 27 bor turnikda tortildi. Hakamlar qarori bilan ikkinchi imkoniyatdan foydalangan Kamoliddin Rasulovning natijasi 35 tani tashkil qildi. 

Hakamlar kengashining uzoq davom etgan munozaralaridan so'ng SHahram Ahadovning oxirgi harakatlarida mashqni to'liq bajarmaganlik holati aniqlanib, g'olib sifatida Muhriddin Tilovov elon qilindi. SHunday bo'lsa-da, SHahram "otjimaniya" musobaqasida mutlaq g'olib bo'ldi. Qizlar o'rtasida Sita Qadamboeva hamda Diyora Keldiyorova mos ravishda "otjimaniya" va turnikda tortilish musobaqasi g'olibasiga aylanishdi.      

Otjimaniya. O'g'il bolalar 

1. SHahram Ahadov 176 ta

2. Davlat Bobonov 151 ta  

3. SHarofiddin Boltaboev 150 ta

Qizlar

1. Sita Qadamboeva 147 ta

2. Diyora Keldiyorova 113 ta

3. Gulnoza Matniyazova 111 ta

Turnikda tortilish. O'g'il bolalar

1. Muhriddin Tilovov 40 ta (ikkinchi urinishda 40)  

2. SHahram Ahadov 40 ta (ikkinchi urinishda 41, xato bajarilgani sabab kamaytirildi)

3. Davlat Bobonov 40 ta (ikkinchi urinish 27 ta)

Qizlar

1. Diyora Keldiyorova 36 ta 

2. Gulnoza Matniyazova 28 ta

3. Sita Qadamboeva 27 ta

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing