11 apr 08:24
Yangiliklar

Dzyudochi qizlarimiz Vengriyadagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etyapti + FOTO
Dzyudochi qizlarimiz uchun Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berayotgan ushbu xalqaro yig'in 13 aprelga qadar davom etadi. Xalqaro yig'inda 50 ga yaqin davlatdan 500 dan ziyod dzyudochi qatnashyapti. Terma jamoamiz azolari mashg'ulotlarda jismoniy holatlarini yanada yaxshilash barobarida katta xalqaro tajriba ham to'plashyapti.
Vengriyaga yo'l olgan tarkib: Laziza Haydarova (-48 kg), Xalimajon Qurbonova (-48 kg), So'g'diyona Rafkatova (-52 kg), SHukurjon Aminova (-57 kg), Marjona Nurulloeva (-63 kg), Xurshida Razzoqberdieva (-70 kg), SHirinjon Yo'ldosheva (-70 kg), Mohlaroyim To'xtamisheva (+78 kg), Irisxon Qurbonboeva (+78 kg)
Murabbiylar: Andrey SHturbabin, Olimboy Olimov, Aziz Tashmatov
SHifokor — Nelli Stromm
Fikrlar