08 jan 09:23
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Avstriya yig'iniga yo'l olishdi
Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz delegaciyasi kecha tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Avstriyaning Zalcburg Federal eriga qarashli Mitterzill shaharchasiga jo'nab ketdi. Dzyudochilarimiz Istanbul orqali manzilga etib borishdi.
Ushbu xorij yig'ini yilning dastlabki musobaqasi - Tel-Aviv Gran-prisiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi. Alp tog' yon bag'ridagi yig'in 16 yanvarga qadar davom etadi. SHundan so'ng terma jamoamiz Toshkentga qaytadi va 17 yanvardan dzyudo markazida qisqa muddatli mashg'ulotlarga kirishadi.
Avstriyaga yo'l olgan tarkib:
SHarofiddin Lutfullaev
Diyorbek O'razboev
Sardor Nurillaev
Kemran Nurillaev
SHahram Ahadov
Muhriddin Tilovov
Hikmatulloh To'raev
SHarofiddin Boltaboev
Kamoliddin Rasulov
Davlat Bobonov
Muhammadkarim Hurramov
Bekmurod Oltiboev
Alisher Yusupov
Diyora Keldiyorova
Gulnoza Matniyazova
Nodira Yo'ldosheva
Bosh murabbiy - Ilias Iliadis
Murabbiylar - Bekzod To'raboev, O'ktam Rahmonov
Menejer - Ravshan Ahmadjonov
SHifokorlar - Javlon Hasanov, Nelli Strom
Fikrlar