11 may 17:16
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudochilarimiz jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun Italiyaga jo'nab ketishdi + FOTO
Xabaringiz bor, 13-20 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Bugun Astana shahrida yakuniga etadigan "Katta Dubulg'a" turniridan keyin dunyoning barcha terma jamoalari jahon chempionatiga tayyorgarlik boshlaydi. SHu jumladan, O'zbekiston terma jamoasi ham.
Bundan bir necha daqiqa avval Aleksandr Budolin va Andrey SHturbabin murabbiyligidagi terma jamoamiz delegaciyasi Italiyaning Rim shahriga jo'nab ketdi. Dzyudochilarimiz u erda 17 mayga qadar o'tkaziladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishadi. Keyin esa mashg'ulotlar Ispaniyaning Benidorm shahriga ko'chadi. Piriney yarim orolidagi mashg'ulotlar 23 may kunigacha davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar