So’nggi yangiliklar

15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

02 iyu 16:29
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz Kyrgyzstan Open turniridan 7 ta medal bilan qaytishdi

Qirg'izistonning Bishkek shahrida dzyudo bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Qirg'iziston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Petr Telpizov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan Kyrgyzstan Open musobaqasida Rustam Farhodov murabbiyligidagi o'zbekistonlik dzyudochilar ham ishtirok etishdi. Musobaqa 2002-2003, 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar, shuningdek, 2008-2009 yillarda tavallud topgan qizlar o'rtasida tashkil etildi. 

Xalqaro turnirning birinchi kuni 2002-2003 yillarda tavallud topgan dzyudochilar o'rtasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Musobaqada -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ilyos Safarov hamda +90 kg vazndagi Abbos Ismoilov barcha raqiblarini mag'lub etib, musobaqaning oltin medalini qo'lga kiritdi. 

Musobaqaning 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar bahsida Muhammadali Tangriev (-81 kg) shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Ushbu vazn finalida tatamiga chiqqan Mirshod Muhammadov kumush medalga sazovor bo'ldi. 

-73 kg vazndagi vakilimiz Javohir Muhiddinov bronza medali bilan taqdirlandi. +81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Abdullo To'xtamishov oltin, Abbos Ismoilov kumush medal egasiga aylandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing