22 apr 14:22
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunlashdi
Qitamizning 30 dan ortiq davlati dzyudochilari ishtirok etgan musobaqada Ilias Iliadis boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurash olib bordi. Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra dzyudochilarimiz jami 6 ta medal qo'lga kiritishdi. Biroz avval jahon chempioni Muzaffarbek To'raboev terma jamoamizga yagona oltin medalni taqdim etdi.
Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg) kumush, Diyora Keldiyorova (-52 kg), Doston Ro'ziev (-60 kg), Sardor Nurillaev (-66 kg) va SHohista Nazarova (-70 kg) Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Qolgan dzyudochilarimiz qita chempionatini medalsiz yakunlashdi.
G'olib va sovrindor dzyudochilarimiz:
Oltin medal
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
Kumush medal
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
Bronza medallar
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-60 kg: Doston Ro'ziev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-70 kg: SHohista Nazarova
Ertaga terma jamoamiz Osiyo chempionatining juftlik bahslarida ishtirok etadi. Bu haqda biroz keyinroq batafsil malumot beramiz.
Fikrlar