08 iyu 11:19
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun Xorvatiyaga yo'l oldi
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Dzyudochilarimiz Istanbul orqali Xorvatiyaning ushbu shahriga jo'nab ketishdi.
Turli mintaqa va mamlakat dzyudochilari ishtirokidagi mazkur yig'in terma jamoamiz azolari uchun Mo'g'ulistondagi turnirga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi. Bunday yig'inlar ananaviy ravishda kuchli xalqaro raqobat fonida o'z kuchlarini sinab ko'rish imkonini beruvchi tayyorgarlikning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Ulan-Bator "Katta Dubulg'a" musobaqasi Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan ilk turnir bo'ladi.
Xorvatiyaga yo'l olgan tarkibimiz:
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov, Doston Ro'ziev, Muhammadjon Masharipov
-66 kg: Zamoxshariy Bekmurodov, Abdurahim Nutfulloev, Aziz Ortiqov
-73 kg: SHahram Ahadov, Elbek Tojiev
-81 kg: Arslon Tojiev, Samariddin Muxibiddinov, Murodjon Yo'ldoshev
-90 kg: Nurbek Murtazoev, Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev, Mirjalol Normo'minov, Muhammadali Zoirov
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev.
Bosh murabbiy - Aleksey Budolin
Murabbiylar - Iskandar Rasulov, SHarofiddin Boltaboev.









Fikrlar