22 jan 09:21
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz yilning ilk IJF turniriga yo'l olishdi
Avval xabar berganimizdek, dzyudochilarimiz mavsumning ilk IJF turniri hisoblangan Tel-Aviv Gran-prisida ishtirok etishadi. 23-25 yanvar kunlari o'tkaziladigan Tel Aviv Grand Prix 2020 musobaqasida sayyoramizning 5 qitasi, 85 davlatidan jami 583 (331 erkak, 252 ayol) nafar dzyudochi qatnashadi.
Ular qatorida Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi 13 nafar dzyudochimiz ham Tokio-2020 uchun beriladigan qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. G'olibga 700, kumush medal sohibiga 490, bronza medal sovrindorlariga 350 reyting ochkosi taqdim etiladi. Beshinchi o'ringa 252, ettinchi o'rin egalariga esa 182 ball beriladi.
Delegaciyamiz tarkibi:
-60 kg: Kemran Nurillaev
-66 kg: SHahram Ahadov, Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatulloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev, Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev, Alisher Yusupov
Qizlar
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Nodira Yo'ldosheva
Bosh murabbiy - Ilias Iliadis
Murabbiylar - O'ktam Rahmonov, Tomu Tori
Menejer - Ravshan Ahmadjonov
SHifokorlar - Javlon Hasanov, Nelli Stromm
Fikrlar