27 noy 18:01
Yangiliklar
Dzyudochilarimizga doping masalasida tushuntirish berildi + FOTO
Doping mojarosi sabab katta musobaqalardan bir necha yilga chetda qolayotgan va hatto ne mashaqqatlar bilan qo'lga kiritilgan Olimpiada medalidan mosuvo bo'layotgan sportchilar etarlicha topiladi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasida o'tkazilgan tadbirda aynan shu mavzuga etibor qaratildi.
O'zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari kattalar, yoshlar va o'smirlar terma jamoamiz dzyudochilari bilan uchrashishdi. Dopingga qarshi kurash mavzusida maruza qilishdi, tushuntirish ishlari olib borishdi va seminar yakunida turli qo'llanma materiallar taqdim etishdi.
Takidlash joiz, doping masalasi hukumat nazoratida bo'lib turibdi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz videoselektor yig'ilishida ham alohida ogohlantirib o'tgan edilar.
Fikrlar