01 mar 23:21
Yangiliklar
Dzyudochimiz Evropa Ochiq kubogida oltin medal sohibi bo'ldi + FOTO
O'n olti mamlakatdan 2003-2004 yillarda tavallud topgan dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston sharafini Tohir Fayziev murabbiyligidagi o'smirlarimiz himoya qilishdi.
Quvonarlisi, hamyurtlarimizdan Abdulla To'xtamishov raqiblaridan ustun kelib, yakunda Evropa Ochiq kubogining oltin medalini qo'lga kiritdi. +90 kg: vazn toifasida kurashgan To'xtamishov finalga qadar gruziyalik Bachuki Peykrishvili, ozarbayjonlik Atababa Niftaliev, gruziyalik SHalva Gureshidzeni mag'lubiyatga uchratdi. CHempionlik uchun kechgan final bellashuvida esa rossiyalik Denis Batchaevdan ustun keldi.
Hamyurtlarimizdan -52 kg vaznda tatamiga chiqqan Elizza Bahodirova o'tish bahslarida turkiyalik Elchin Fener, qozog'istonlik Uldana Usseyndan ustun keldi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa boshqa bir turkiyalik kurashchi Iklal Maryam Arslanga yutqazib, 5-o'rin bilan kifoyalandi. Yakunda terma jamoamiz 16 davlat orasida kuchli beshlikdan joy oldi.
Fikrlar