17 apr 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Alvares: "Xabib Konorni mag'lub eta olsa kerak"
Engil vaznda UFC chempioni Eddi Alvaresning fikricha Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorni mag'lub eta oladi.
"Xabibda bitta xato bor. U ochiq uslubda raqib tomonga kirib boradi. Agar buni uddalay olmasa Konor chap tomondan beriladigan bittagina kuchli zarba bilan uni ag'darib qo'yadi. U ushbu kamchilikni bartaraf etadi. Aks holda Konorga o'xshagan nokautchilar bundan foydalanib qoladi.
O'z o'rnida, Konor ham parterda qiyin ahvolga tushib qoladi. U Xabibga qarshi parterga dosh bera olmasa kerak. O'ylaymanki, ushbu jangda Xabib g'alaba qozonadi", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : bjpenn.com
Fikrlar