02 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Bivolning ehtimoliy raqiblarini aytdi
Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirn yarimog'ir vazndagi jahon chempioni Dmitriy Bivolning keyingi raqibi kim bo'lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Bivol 30 may kuni Ekaterinburgda germaniyalik Maykl Ayfertni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi.
"Hozir unga Kallum Smit bilan jang belgilangan. Ko'pchilik uchinchi marta Artur Beterbiev bilan jang yoki David Benavidesga qarshi bahs haqida gapirmoqda, ammo Kallum o'z imkoniyatini olishi kerak.
Biz Dmitriy va uning jamoasi bilan gaplashamiz. Agar u Beterbiev yoki Benavidesni tanlasa, unda Smit vakant kamar uchun Joshua Buatsi bilan jang qiladi. Bu ham juda katta jang bo'lardi.
Hozir qiziq davr va Dmitriy sportdagi eng katta janglarga tayyor", — dedi Xirn.

Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar