08 apr 13:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Bivolning navbatdagi jangi sanasi va ehtimoliy raqibini aytdi
Matchroom Boxing kompaniyasi rahbari Eddi Xirn yarimog'ir vazn toifasida WVA chempioni Dmitriy Bivol Saul Alvares bilan revansh jangi oldidan yana bitta jang o'tkazishini malum qildi.
Xirnning so'zlariga ko'ra, rossiyalik bokschi 17 iyun kuni jang o'tkazishi kerak va uning raqibi katta ehtimol bilan meksikalik Xayme Mungiya bo'ladi.
"O'ylaymanki, Bivol Kanelo bilan revansh jangi oldidan yana bitta jang o'tkazadi. Biz bu jangni 17 iyun kuni o'tkazishni maqsad qilganmiz. Golden Boy bilan Xayme Mungiyaga qarshi jang borasida muzokaralar bo'lgan edi.
Albatta, biz ham hamma ko'rishni istagan Saul Alvares bilan revansh jangi uchun muzokaralar o'tkazyapmiz. SHu haftaning o'zidayoq Dmitriyning kelajagi haqida gaplashamiz", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar