So’nggi yangiliklar

11:39Кейн ЕЧЛда Роналдунинг рекордини такрорлади 0 11:17Жошуанинг спарринг шериги Аргон Смакичи — Баҳодир Жалолов билан жанг ҳақида гапирди 0 10:40Зоминда ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат чемпионати ўтказилди 0 10:12Хотамбек Бойназаров Стрикленд билан жанг олдидан Хамзат Чимаевга ёрдам бериши мумкин эди, аммо... 0 09:39"Реал" Вальверде ва Тчуамени ўртасидаги жанжал бўйича баёнот берди 0 09:18Топурия Иан Гаррининг Махачевга қарши имкониятларини баҳолади 0 08:39Мария Тимофеева Истанбулда чорак финалга йўл олди 0 08:13Дональд Трамп Хабиб Нурмагомедовни мақтади 0 07:30ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 20:14Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0 19:10Дастин Порье қайси жанг учун октагонга қайтиши мумкинлигини айтди 0 18:4830 миллиондан ошиқ киши Мбаппе "Реал"ни тарк этиши кераклиги ҳақидаги петицияга имзо чекди 0 18:26Бакли Махачевнинг дивизиондаги ютуқларини шубҳа остига олди 0 18:02Илия Топурия: "Энди қўрқмайман!" 0 17:39Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа соф олтиндан ясалган камар учун жанг қилади 0

29 iyu 18:36
Yangiliklar

Boks/MMA

Eddi Xirn Bob Arum va Naoya Inoueni muxlislarni aldamaslikka va Murodjon Ahmadaliev bilan jang qilishga chaqirdi

"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn mijozi, o'zbekistonlik professional bokschi, ikkita yo'nalish bo'yicha sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev haqida gapirdi.

Avvalroq, WBA tashkiloti ikkinchi eng engil vazn toifasida kamarga majburiy davogar bo'lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev hamda chempion Naoya Inoue jangiga rasman buyruq bergandi. Biroq Naoya jamoasi bu jang rejadan tashqarida ekani va ular sentyabr oyida boshqa bokschiga qarshi jang qilishi haqida gapirdi.  

"Men o'zimni yomon his qildim. Ti Jey Doxeni menga yoqadi. U yaxshi jangchi edi. U 5 yil oldin Danil Romanga mag'lub bo'lgan. Bu divizionda raqobatga ega yagona jang bu - Ahmadaliev bilan bo'ladigan jangdir. Kechirasizlar-u, Ti Jey Doxenining Naoya Inoue bilan jangida umuman raqobat yo'q. Kelinglar, jiddiy yondashamiz. Ti Jey Doxeni bilan yaxshi jang bo'ladi. U yaxshi jangchi, Jahon chempioni bo'lgan. Lekin bizni aldamang. Raqobatga ega yagona jang bu Ahmadaliev bilan. U majburiy davogar. Naoya Inoue maqtovlarga sazovor bo'lishi uchun ham Murodjon bilan jang qilishingiz kerak. Bu yaxshi jang bo'lardi. Ahmadaliev bilan jang qilmaslikka sabab yo'q. Bu yuqori darajadagi jang. Sem Gudmanga ham hurmatni saqlagan holda aytaman, u Naoyani enga olmaydi. Hatto Ahmadaliev ham bu ishni eplay oladi, deb ayta olmayman. Lekin shuni aytishim mumkin-ki, Murodjonda imkoniyat ko'proq, qolganlarga qaraganda", deya vaziyatga o'z munosabatini bildirdi Eddi Xirn.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing