11 avg 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Dillian Uaytning keyingi raqiblarini aytdi
Taniqli promouter Eddi Xirn WBC chempioni Dillian Uaytning keyini raqibi kim bo'lishi haqida gapirdi.
"O'ylashimcha, Uayt bu yil yana bir jang o'tkazadi. Ushbu jang oktyabr oyida o'tkaziladi. Bizda bir necha variantlar bor. Kris Arreola bilan jang bizga juda maqul kelmoqda. Oldinroq, Jermen Franklin va Endi Ruiz haqida ham gapirilgandi. Tan olaman, Dillian Uayt va Endi Ruis o'rtasidagi jang haqiqatdan ham ajoyib bo'lgan bo'lardi", - dedi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Dillian Uayt 2021 yilning mart oyida Aleksandr Povetkinni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar