25 okt 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Fyuri P4P reytingida bittagina jangchi ustidan g'alabalar qozongani sabab ko'tarilib borayotgani g'alati"
Britaniyalik o'z joyida qolishi kerak.
"Matchroom Boxing" kompaniyasi rahbari, taniqli promouter Eddi Xirn WBC chempioni Tayson Fyuri haqida gapirdi.
"Hozirgi vaqtda, Fyurining manziliga qandaydir yomon gap aytish juda qiyin. Ammo, menimcha Fyuri P4P reytingida bittagina jangchi ustidan g'alabalar qozongani sabab ko'tarilib borayotgani juda g'alati. O'zini buyuk og'ir vaznli bokschi deb atash uchun, bokschi o'z davrining eng kuchli bokschilarini mag'lub qilishi kerak. Bunday bokschining hisobida boshqalardan ajralib turadigan g'alabalar bo'lishi lozim. Nima bo'lganda ham, Tayson oxirgi jangini ajoyib o'tkazdi", -deydi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar