07 dek 09:38
Yangiliklar

Eddi Xirn Isroil Madrimovning Verjil Ortis bilan chempionlik jangiga oid muhim yangilikni elon qildi
"Madrimov Bogachuk bilan jangda jarohat olishi, qo'liga shikast etkazishi yoki mag'lub bo'lishi ham mumkin. Isroil Turki al ash-SHeyxga: "Iltimos, meni ham kardga qo'shing", deb qattiq turib olmadi. Janobi oliylarining o'zi: "Agar g'alaba qozonsangiz, yana jang qilasizmi?" deb so'radi va Isroil: "Ha", deb javob berdi.
Bogachuk bilan jangga bir necha hafta qoldi. Demak, 21 dekabr kuni ko'ramiz, ammo Madrimov super yarimo'rta vazn toifasidagi barcha eng yaxshi raqiblar bilan jang qilishni xohlaydi. Agar u Krouford, Bogachuk va Ortisdan o'tib olsa, bu juda hayratlanarli seriya bo'ladi. Bu yigit katta hurmatga loyiq", dedi Xirn.
Eddining so'zlaridan malum bo'lishicha, Isroil Madrimov 22 fevral kuni Verjil Ortis bilan jang qilishi uchun 21 dekabr kuni Sergey Bogachukni jarohatsiz tarzda mag'lub etishi kerak bo'ladi.
Fikrlar