12 apr 18:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Joshua Fyuri va Uaylderga qarshi jangga tayyor emasligini aytdi
Superog'ir vazn toifasi bokschisi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining divizion etakchilari bilan jang qilishdan oldin yana bitta jang o'tkazishi kerak ekanligini aytdi.
"Xolis bo'lib, ayni paytda vaziyat qanday ekanini aytgan maqul. U Jermain Franklindan bir oz kuchliroq bo'lgan bokschi bilan ham jang qilishi va yangi murabbiyi Derrik Jeymsga quloq solishi kerak. Umid qilamanki, u dekabr oyida Fyuri yoki Uaylderga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rishda o'ziga ko'proq ishonadi", - dedi Xirn.
Avvalroq, Entoni Joshua navbatdagi jangini dekabr oyida o'tkazishini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar