19 may 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Joshua - Usik trilogiyasi haqida gapirdi
Britaniyalik ikki karra jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn ukrainalik Aleksandr Usik bilan ehtimoliy uchinchi jang haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, yo'q... Lekin boksda hamma narsa bo'lishi mumkin. Ishonchim komilki, Joshuaning bir qismi doim trilogiyani orzu qiladi. Xuddi shu narsa Tayson Fyuriga ham tegishli, chunki u ham Usikka ikki marta yutqazgan. Bu tushunarli — raqobat ruhi. Ular har doim revansh olishni xohlashadi", — dedi Xirn BoxingScene’ga.
Eslatib o'tamiz, Usik 23 may kuni Gizada niderlandiyalik Riko Verxuvenga qarshi WBC kamarini ixtiyoriy himoya qiladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar