30 dek 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Joshuaning 2025 yil uchun rejalari haqida gapirdi
Promouter Eddi Xirn Entoni Joshuaning qaytish muddati haqida gapirdi.
"May yoki iyunda. U hali to'liq mashg'ulot o'tkazayotgani yo'q. Katta ehtimol bilan u yanvar oyida to'laqonli mashg'ulotlarga tayyor bo'ladi.
Ayni paytda sizda 22 fevraldagi Dyubua va Jozef Parker o'rtasida jang bor.
Biz shoshilayotganimiz yo'q. Entoni 2025 yilda ikkita jang o'tkazadi. Bittasi yozda, ikkinchisi qishda.
Nomlar haqida gapira olmayman, uning kim bilan jangni istayotganiini ayta olmayman. Lekin Daniel Dyubua va Tayson Fyuri diqqat markazda turibdi. Albatta Joshua barchasiga erishgan. Agar ro'yxatda Fyuri bo'lsa, u o'z davrining deyarli barcha zo'ri bilan jang qilgan bo'lardi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : IFL TV
Fikrlar