09 apr 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Ngannu va Dillian Uayt o'rtasida ikkita jang tashkil qilmoqchi. Biri oktagonda, biri esa ringda
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi boshlig'i Eddi Xirn UFC jangchisi Fransis Ngannu va bokschi Dillian Uayt o'rtasida jang tashkil qilmoqchiligi haqida gapirdi.
"Menga Fransis Ngannu jangchi sifatida juda yoqadi. Biz Ngannu va Uayt o'rtasidagi jangni tashkil qilishimiz mumkin. Ammo UFC biz jangchilar bilan ularning ruxsatisiz jonli efirda suhbatlashganimiz uchun mavzuni yopdi.
Men Ngannu va Uayt o'rtasidagi jangni ko'rishni xohlar edim. Biri oktagonda, yana biri ringda. Amanda Nunes va Keti Teylor o'rtasidagi jang ham qiziq bo'lishi mumkin", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar