05 dek 19:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn: "Yaqin SHarqda bu jang uchun juda ko'p pul taklif qilishadi"
Matchroom Boxing rahbari Eddi Xirn WVC chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangini WVA, WVO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usikka qarshi o'tkazishini aytdi.
Xirnning so'zlariga ko'ra, Saudiya Arabistoni katta mablag' evaziga yaqin kelajakda Fyuri va Usik o'rtasidagi tarixiy jangni tashkil eta oladi.
"Menimcha, Fyuri - Usik jangini tashkil etish juda oson bo'ladi. Yaqin SHarqda bu jang uchun juda ko'p pul taklif qilishadi. Pul ularni Yaqin SHarqqa olib boradi. Ular bu jang mutlaq chempionlik uchun kurash ekanligiga ishonch hosil qilishni xohlaydi. Ularda bir nechta to'siqlarni engib o'tish kerak. Menimcha, ular buni uddalay olishadi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan bo'lgan holat haqida gapirgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar