21 may 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Edil Esengulov: "Xotambek bilan Mahmud Muradovni bir kechada "sindiraman" (VIDEO)
Qirg'izistonlik MMA jangchisi Edil Esengulov ikki aralash yakkakurash ustamiz bilan bir turnirning o'zida jang qilmoqchi.
U Instagram sahifasiga joylagan videosi orqali Mangu Ligasi rahbari Jasur Alijonovdan Xotambek Boynazarovga qarshi jang tashkil qilib berishini so'radi.
"Men gapirgan gapimga javob beraman. Aynan Xotambek meni to'xtatadi, dedinglarmi? Endi men Xotambekni "sindiraman". Jasur, jang tashkillashtirib beringlar. Bu turnirda emas, mening iyulda jangim bor. Keyingi turnirga qo'yib beringlar. Avvaliga Xotambekni, keyin Mahmud Muradovni beringlar. Ikkalasini bir kechada "sindiraman", dedi Esengulov.
28 yashar Edil faoliyati davomida turli Ligalarda hozirgacha 18 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar