17 dek 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Edvards va Pantoyyadan muvaffaqiyatli himoya, SHavkatdan navbatdagi g'alaba va "qulayotgan" Toni! UFC 296 turnirining barcha natijalari bilan tanishing
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile Arena" majmuasida UFC 296 turniri tashkil etildi.
Yilning so'nggi raqamlangan turnirining markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni, britaniyalik Leon Edvards o'z kamarini amerikalik Kolbi Kovingtondan himoya qildi.
Co main event jangida esa eng engil vazn chempioni, braziliyalik Alexandro Pantoyya hamda AQSH vakili Brendon Royval o'zaro oktagonda to'qnash keldi.
Bundan tashqari, turnir doirasida qozog'istonlik SHavkat Rahmonov, amerikalik Toni Fergyuson, Peddi Pimblett va boshqa taniqli aralash yakka kurash ustalari ham jang qildi.
Barcha natijalar:
Asosiy kard:
- Leon Edvards — Kolbi Kovington, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
- Alexandro Pantoyya — Brendon Royval, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
- SHavkat Rahmonov — Stiven Tompson, (3-raundda sabmishen);
- Toni Fergyuson — Peddi Pimblett, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
- Josh Emmett — Brays Mitchell, (1-raundda KO-TKO).
Prelim kard:
- Alonso Menifild — Dastin Jeykobi (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
- Iren Aldana — Kerol Rosa, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
- Kodi Garbrandt — Brayan Kellexer, (1-raundda KO-TKO);
- Keysi O’Nil — Ariani Lipski, (2-raundda sabmishen);
- Tagir Ulanbekov — Kodi Dyorden, (2-raundda sabmishen);
- Andre Fili — Lukas Almeyda, (1-raundda KO-TKO);
- Martin Buday — SHamil Gaziev, (2-raundda KO-TKO).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar