24 sen 11:57
Yangiliklar
Paralimpiya

Egor Bolotov Jahon chempionatining bronza medali sohibi!
Para suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Singapurda davom etayotgan Jahon chempionatida ilk medaliga ega chiqdi.
Erkaklar o'rtasida S13 klassida 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslari finalida startga chiqqan hamyurtimiz Egor Bolotov 53.13 soniyada marraga etib kelib, uchinchi natijani qayd etdi. Bu orqali Egor terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida 100 m masofaga erkin usulda suzish (S13 klassi)
1. Egor SHitkovskiy (Neytral maqomdagi sportchi) - 51.27
2. Vitaliy Cibruik (Neytral maqomdagi sportchi) - 52.34
3. Egor Bolotov (O'zbekiston) - 53.13.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar