20 noy 11:37
Yangiliklar
Egorov WBA kamari uchun ringga ko'tarildi. CHempion 3, davogar 2 yildan beri ringga chiqmayotgandi
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning birida og'ir vazn (90,7 kg.gacha) toifasida WBA Super chempioni franciyalik Arsen Gulamiryan (27-0, 18 KO) rossiyalik majburiy davogar Aleksey Egorov (11-1, 7 KO) bilan to'qnash keldi.
Qizig'i, chempion so'nggi jangini 2019, davogar esa 2020 yilda o'tkazgan edi. CHempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi va yakunda Gulamiryan hakamlarning yakdil qarori bilan – 116-112, 116-112, 117-111 hisoblarida g'alaba qozondi va o'z kamarini saqlab qoldi.
Egorov faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U kechagi kunga qadar 11 ta jangning barchasida g'alaba qozongan edi. Janglarning 8 tasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgandi. Gulamiryan esa mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirdi. Uning hisobida 27 jangdan 27 g'alaba bor (18 tasi nokaut bilan). Bu francuz bokschining uchinchi chempionlik himoya jangi edi.
Fikrlar