So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

12 jan 17:51
Yangiliklar

Futbol

Ektor Kuper: "O'zbekiston terma jamoasiga qarshi revansh kayfiyatida emasman"

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yinda oldin matbuot anjumanida qatnashdi.

- Omar Al Soma terma jamoada yo'q. Bu qaror haqida gapira olasizmi? Agarda Suriya terma jamoasi guruhdan chiqa olmasa, bu katta bosim bo'ladi. Bu vaziyatga qanday yondashmoqdasiz?

- Bosim har doim bo'lgan. Futbolchilar buni qanday engishni bilishlari kerak. Ularning bor etibori o'yinda bo'lishi lozim. Negativ energiyalarga etibor bermaymiz. Qaysidir o'yinchi tarkibda bo'lmasa, biz shu holatda futbol o'ynashga tayyor bo'lishimiz kerak. Bu jamoada men murabbiyman va qarorlarni men qabul qilaman.

- O'zbekiston terma jamoasida ishlagansiz. Hozirda bu terma jamoa oldingidan kuchliroqmi yoki aksi?

- Albatta, men ularni yaxshi bilaman. Ammo ularda juda ko'p narsa o'zgarib ketdi - boshqa nomlar, yangi futbolchilar. O'zbekistonda juda zo'r bosh murabbiy bor. Ularning kamchili ham bor. CHunki hammada kamchilik mavjud. Ertaga biz ushbu muammolarni yuzaga chiqara olamiz deb o'ylayman.

- Suriya terma jamoasida yangi o'yinchilar juda ko'p. Bu masalaga qanday yondashyapsiz?

- Biz hozir juda yaxshi ichki muhitdamiz. Biz hammasini yaxshilayapmiz.

- O'zbekiston terma jamoasiga qarshi ular haqidagi bilimlaringizdan kelib chiqib tayyorlanasizmi yoki ularga oddiy raqib sifatida qaraysizmi?

- Men Jaloliddin va boshqa o'yinchilarni yaxshi bilaman, ammo zamonaviy futbolda bu narsa unchalik ham ahamiyat kasb etmaydi. 2019 yildan beri ulardan ko'p narsa o'zgarib ketdi. Siz jamoani yaxshi bilishingiz mumkin, ammo o'yin jarayonida bu narsa yordam bermasligi mumkin.

- O'zbekiston terma jamoasiga qarshi qanday tarkibda o'ynashingizni hal qilib bo'lganmisiz?

- Boshlang'ich tarkib bo'yicha mening rejam allaqachon bor. To'g'ri, o'yinga yaqin o'zgarishlar bo'ladi. Men odatda asosiy tarkibni uchrashuvdan bir necha soat oldin aniqlayman. Bu narsa O'zbekiston terma jamoasiga bog'liq bo'lmaydi. Bizdagi 26 nafar o'yinchilar barchasi tayyor. Ularning istalgan biri maydonga tusha oladi. Bizda ishonch yuqori.

- Janob Kuper, avval O'zbekiston terma jamoasida ishlagansiz. Sizga qaysidir manoda oxirgacha imkoniyat berilmagan. SHu nuqtai nazardan qaralsa, bu o'yinda g'alaba qozonishga o'zgacha ishtiyoq bormi?

- Yo'q, shaxsan o'zimda hech qanday revansh kayfiyati yo'q. O'zbekiston futbol associaciyasi menga juda yaxshi muomalada bo'lgan, ular bilan aloqalarimiz yaxshi. Men ulardan doim minnatdorman. Rahbariyat, futbolchilar va hatto muxlislar ham menga iliq munosabatda bo'lishgan. SHunday ekan, hech qanday xafagarchilik yoki revansh kayfiyati haqida gap bo'lishi mumkin emas. Albatta, men bu o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilganman. O'zbekistonning bunga aloqasi yo'q. Suriya terma jamoasi murabbiyi sifatida bu o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilaman. Biz hammamiz professionallarmiz.

- Janob Ektor sizda juda katta tajriba bor. SHu nuqtai nazardan olib qaralsa, futbolchilarni qanday ruhlantirasiz. CHunki motivaciya bunday turnirlarda juda katta ahamiyatga ega...

- Hamma hozirda yaxshi natija ko'rsatishimizga ishonyapti. Biz insonlarga quvonch ulashamiz. Men futbolchilarga aynan shuni eslataman. Yigitlarga ularni oilalari, do'stlari tomosha qilayotganini takidlayman. Futbolchilarga qarata bosimga, quvonchga, his tuyg'ularga hush kelibsiz deymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing