So’nggi yangiliklar

20:23Осиё ўйинларининг тўққизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 19:11Манба: ФИФА президенти тез орада Тошкентга келади 0 18:48Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:12Медаллар рейтинги: Осиё ўйинларининг саккизинчи кунидан кейин ҳам ўрнимизни сақлаб турибмиз 0 18:00Осиё ўйинларининг саккизинчи кунини тўртта медаль билан тугатдик: шулардан иккитаси олтин! 0 17:32"Ўзбекистонга қарши ўйинда гол уриб, жамоамни ғалаба сари етакламоқчиман" - Нвадике Уче 0 16:45Ўзбекистон - 46-Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси чемпиони! 0 16:40Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон сўнгги турда Украинани мағлуб этди ва чемпионликни қўлга киритди 0 14:06Нокаутларга бой ўтган UFC Vegas 121 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 12:37Расман! Маҳмуд Мурадов янги йил олдидан чемпионлик жанги ўтказади 0 11:42Формула-1. Жорж Расселл — Озарбайжон Гран-приси ғолиби! 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0

17 jan 16:32
Yangiliklar

Futbol

Ektor Kuper: "Qog'ozda Avstraliya favorit, ammo maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin"

Teglar :  SuriyaEktor Kuper
Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o'rin olgan Avstraliya - Suriya uchrashuvidan oldin Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Ayham Osu matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Har bir uchrashuv qiyin o'tmoqda. Bu Osiyo kubogi va bu erda oson raqiblar yo'q. Ertaga guruhimizdagi eng kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Futbolchilarning ishtiyoq va harakat sabab g'alaba qozonishimiz mumkin.

Ayham Osu

- Ertangi uchrashuv haqida nimalar deya olasan?

- Qog'ozda Avstraliya favorit, ammo maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz ertaga bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Ertaga Suriya terma jamoasi g'alaba qozonishiga ishonasizmi?

- Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Nazariy jihatdan raqib favorit, biroq maydonda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Muhimi xatolarga yo'l qo'ymaslik va faqat shundagina uch ochkoni qo'lga kiritishimiz mumkin.

Ayham Osu

-Birinchi bahsdagi yaxshi natijadan so'ng kiyinish xonasi va jamoadagi atmosfera qanday?

- Ajoyib jamoa yig'ilgan. Yosh va tajribali futbolchilar bir biriga yordam berishmoqda. Legioner futbolchilarimiz ham jamoaga tezda qo'shilib ketishdi. Kayfiyat alo darajada.

- Ko'pchilik sizni himoyaviy futbol tarafdori bo'lganingiz uchun tanqid qiladi. Ammo shu uslub bilan siz Misr terma jamoasini JCHga olib chiqqan edingiz. Ushbu falsafangizga hali hamon ishonasizmi?

- Jamoa texnik va uslub tomonlama menga to'g'ri kelishi kerak. Men ham bir terma jamoa bilan ishlab keta olmayman. Men uchun shunday miks bo'lishi kerak. Men hech qachon faqat himoyalanadigan jamoani boshqarmaganman. Bu intizom, faqatgina himoyalanib o'ynab bo'lmaydi. Hujum ham ko'p qilamiz.

Ayham Osu

- Siz yaqinda Suriya terma jamoasida faoliyatingizni boshladingiz. Suriya futbol federaciyasiga sizga taklif bilan chiqqanida, ushbu taklifni oilangiz bilan muhokama qildingizmi? Suriya terma jamoasi uchun o'ynash taklifi berilganidan xursandmisiz. Emociyalaringizni tariflab bersangiz.

- Men SHveciyada tug'ilganman va SHveciyada yashayman. Suriya terma jamoasida o'ynash taklifi kelib tushganda oilam bilan suhbatlashdim. Oilam xursand bo'lishdi. Men SHveciyada tug'ilib o'sgan bo'lsam ham, mening avlodlarim suriyalik. Suriya terma jamoasida bilan bor yo'g'i ikki uchrashuvda ishtirok etdim. Men Suriya terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyati berilganidan baxtiyorman. Suriya terma jamoasida o'ynayotganimdan ota onam mendan ko'ra baxtliroq.

- Jamoangizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz ertangi o'yinga bog'liq. O'yindan o'yinga harakat qilamiz. Oldindan taxmin qilishim noto'g'ri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing