10 okt 13:41
Yangiliklar

"El Klasiko" oldidan "Barselona"da jiddiy yo'qotish
Kataloniyaliklarda jarohatlanganlar ko'p.
"Barselona" "Granada" bilan o'yinda (2:2) nafaqat ochko, balki asosiy himoyachisi Jyul Kundeni ham yo'qotdi. Franciyalik futbolchi chap tizzasidagi shikastlanish sababli kamida bir oyni o'tkazib yuboradi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo". Demak, Kunde 28 oktyabr kuni "Real"ga qarshi "El Klasiko"ni aniq o'tkazib yuboradi.
Qayd etish joiz, franciyalik futbolchi jamoadoshi Gavi uning oyog'i ustiga yiqilgach, jarohat oldi. SHu tariqa, Jyul Kunde "Barselona" lazaretidagi Pedri, Frenki de Yong, Rafinya va Robert Levandovski qatoriga qo'shildi.
Havola :
Manba : Mundo Deportivo
Fikrlar