17 iyu 09:50
Yangiliklar
Futbol
Eldor SHomurodov matbuot anjumanida nimalar dedi?
Kolumbiyaga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Fabio Kannavaroga terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov hamrohlik qildi.
"Hammani kayfiyati alo darajada, ilk bor Jahon chempionatida qatnashyapmiz. Hayajon bor, lekin hech qanday bosim yo'q. Barcha futbolchilarimiz ushbu o'yinni intiqlik bilan kutyapti.
— Albatta uzoq kutilgan Jahon chempionatida terma jamoa sardori sifatida qatnashish — men uchun katta g'urur. Ertaga ijobiy natija qayd etishimizga umid qilaman. Xalqimizdan esa bizni qo'llab-quvvatlashini so'rab qolaman. Bizda bosim yo'q, ertaga biz jamoamiz bilan birgalikda o'yinga to'liq tayyor bo'lamiz".

Havola :
Fikrlar