29 dek 14:10
Yangiliklar
Futbol

Eldor SHomurodov Osiyo Kubogida o'ynamaydi
Kecha Eldor SHomurodovning jarohati qay darajada ekani hamda fevral oyida maydonga qaytishi haqida xabar chiqdi.
SHunga qaramay, Eldor SHomurodovning maydonga qaytishiga umid bog'layotganlar oramizda yo'q emas. Mazkur masala yuzasidan tajribali sport shifokori, mutaxassis Abror Pirriev bilan aloqaga chiqdik.
"Eldor SHomurodovning hali ham Osiyo Kubogida ishtirok eta olishidan umidvor muxlislarning ko'plab savollariga mutaxassis o'laroq quyidagi fikrni aytishim mumkin:
Eldor SHomurodov Qatarda kechadigan Osiyo Kubogidagi o'yinlarda yashil maydonga tusha olmaydi! Agar murabbiylar shtabi jamoaga dalda bo'lishini ko'zlabgina uni tarkibga kiritsa, Eldor musobaqaning erkin ishtirokchisiga aylanishi mumkin xolos", - dedi Abror Pirriev.
Havola :
Fikrlar