11 iyu 08:23
Yangiliklar

Eldor SHomurodov xayrlashuv xatini yozdi
“Rahmat, Roma! Endi AS "Roma" bilan xayrlashish vaqti keldi — bu klub menga unutilmas xotiralarni, gollarni, kurashlarni va ajoyib jamoa, murabbiylar hamda muxlislar bilan bo'lgan maxsus lahzalarni berdi.
"Roma" formasini kiyish men uchun sharaf edi. Har bir daqiqa, har bir gol va har bir o'rgangan saboq uchun minnatdorman. "Roma" har doim yuragimda qoladi. Menga ishonch bildirganingiz va doimo qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
Yangi sahifa ochilmoqda, lekin bu xotiralar men bilan bir umr qoladi. Hurmat va muhabbat bilan, Eldor SHomurodov!" deyiladi xayrlashuv maktubida.
Malumot uchun, Eldor SHomurodov “Roma“ safida 85 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 13 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.
Fikrlar