So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

03 mar 17:49
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

Elena Isinbaeva: “Osiyo o'yinlari mezbonligi uchun kurashda O'zbekistonga omad tilayman”

Bugun O'zbekiston engil atletika federaciyasida “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasi mehmoni hisoblanmish Elena Isinbaeva bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida jahon sporti afsonasi o'zining taassurotlari va dil izhorlari bilan o'rtoqlashdi.


“Qo'rqmasdan ayta olamanki, mamlakatingiz rahbariyati sportni rivojlantirish uchun istiqbolli g'oyalar bilan ishlamoqda. Yurtingizda uch haftadan so'ng xalqaro marafon bo'lib o'tadi. Bu juda katta voqelik. Unda ko'plab davlatlardan ishtirokchilar va mutasaddilar tashrif buyurib, musobaqa borasida o'z fikrlarini bildirishadi.  O'ylaymanki, bu O'zbekistonda sport va engil atletikaning rivoji uchun yaxshi impuls bo'ladi. Eng asosiysi, 2030 yili bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilish uchun kurashda sizlarga omad tilab qolaman. Aminmanki, shunday rivojlanishda niyatingizga eta olasiz», – deydi Isinbaeva.


Elena Isinbaeva tashrifi davomida 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo xalqaro musobaqasida g'olib va sovrindor bo'lgan yosh atletlarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi.


Qolaversa, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilari bilan engil atletikaning rivoji borasida o'tkazilgan suhbatda ham ishtirok etib, o'zining qimmatli maslahatlarini ayamadi. Yig'ilish yakunida faxriy mehmonga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing